Kiyev: Rossiya butun dunyoning yadro xavfsizligiga tahdid solmoqda

Jahon 12:26 / 22.05.2023 7081

«Energetika bloklarining yadroviy materiallarni sovitish nasoslari ishlashini ta’minlash uchun muhim bo‘lgan tashqi quvvat yo‘qolgach, AESning barcha dizel generatorlari avtomatik ravishda yoqildi, yonilg‘i ta’minoti o‘n kunga yetdi. Vaqtni ortga hisoblash boshlandi», - deb ta’kidladi davlat kompaniyasi. 

«Energoatom» agar shu vaqt ichida stansiyaga tashqi elektr ta’minotini qayta tiklash imkoni bo‘lmasa, butun dunyo uchun radiatsiyaviy oqibatlarga olib keladigan avariya yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 

«Rossiyaning yadroviy terrorizmi zudlik bilan to‘xtatilishi kerak, bosqinchilar esa stansiya hududi va yo‘ldosh-shahar Energodarni tark etishi kerak. ZAES zudlik bilan qonuniy operator - «Energoatom»ning to‘liq nazorati ostiga qaytishi, keyinchalik stansiya normal ish holatiga keltirilishi kerak. Bunda, obektning yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizligini tiklash lozim», deyiladi «Energoatom» bayonotida.

Zaporijjya AESda tashqi elektr ta’minoti butunlay uzildi, stansiya dizel generatorlaridan favqulodda zaxira quvvatiga o‘tkazildi, deb xabar berdi Zaporijjya viloyati okkupatsion «ma’muriyati» bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi o‘zi boshqarayotgan «Dneprovskaya» elektr tarmog‘ini uzib qo‘ygan. 

O‘chirish sababi hozircha noma’lum. Ukraina bu xabarlarga izoh bermayapti. «Energoatom» davlat konserni Zaporijjya AESda tashqi elektr ta’minoti o‘chirilganligini tasdiqladi.

 

Ko‘proq yangiliklar: