“Ipak Yo‘li” banki yevropalik hamkorlar bilan xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston 19:00 / 22.05.2023 5920

 2023 yil 16-18 may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruv kengashining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va inqiroz davrida barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan – «Sarmoya kiritish va barqarorlik» mavzusidagi 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir doirasida Ipak Yo‘li banki O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha bir qator shartnomalarni imzoladi.

 Xususan, bank Niderlandiya Taraqqiyot banki «FMO» bilan kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, yashil loyihalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzoladi.

 Bundan tashqari, YeTTB qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun Ipak Yo‘li bankiga 20 million dollar ajratishini ma’lum qildi. YeTTBning Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida imzolagan mandat xati, kredit mablag‘laridan «yashil» loyihalarga sarmoya kiritish uchun foydalanishni nazarda tutadi.

 Mazkur hujjatlarning imzolanishi Ipak Yo‘li banki va xorijiy moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlik hajmi oshib borayotganidan dalolat beradi va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida bankning raqobatbardosh mavqeyini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: