Dakkada O‘zbekiston-Bangladesh siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 10:15 / 22.05.2023 4370

TIV ma’lumotiga ko‘ra, maslahatlashuvlar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Bangladesh hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Bangladesh hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, istiqbolli investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

O‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Turizm va to‘qimachilik sohalarida hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik sub’yektlari, Savdo-sanoat palatalari, to‘qimachilik uyushmalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Muzokaralar kun tartibidan parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi muloqotni faollashtirish masalalari ham o‘rin oldi.

Ko‘proq yangiliklar: