Avstriya tashqi ishlar vaziri: Rossiya yillar davomida tahdid bo‘lib qoladi

Jahon 08:37 / 22.05.2023 5130

22 may, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi oldidan Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida: "Rossiya uzoq yillar davomida tahdid bo‘lib qoladi. Shuning uchun Ukrainaga G‘arb xavfsizlik kafolatlari kerak", dedi

Shu bilan birga, Avstriya diplomatiyasi rahbari joriy o‘n yillik yakuniga qadar Rossiyada siyosiy rahbariyat o‘zgarishi dargumon, degan fikrni bildirdi. "Rossiyadagi siyosiy tizim va siyosiy rahbariyat shu o‘n yillikning oxiriga qadar sezilarli darajada o‘zgaradi deb o‘ylamayman. Biz Rossiya bilan munosabatlarimiz eng muhim kapital: ishonch yetishmasligi bilan yashashga majbur bo‘lamiz", dedi u.

Shallenberg qo‘shimcha qilishicha, uning bahosiga ko‘ra, "G‘arb, shu jumladan Ukraina" kelajakda Rossiya turli shartnomalarga rioya qilishiga tayana olmaydi.

Diplomatga ko‘ra, G‘arb Ukrainada harbiy jinoyat sodir etgan rossiyaliklarni javobgarlikka tortish, shuningdek, “Rossiya siyosiy rahbariyatini harbiy jinoyatlar va bosqinchilik jinoyati uchun javobgarlikka tortishda” qat’iy bo‘lishi kerak.

 

Ko‘proq yangiliklar: