«Siti»ning divandagi chempionligi, «Enfild»dagi ta’sirli xayrlashuv va kuchli beshlikda qolgan so‘nggi intriga. Kun o‘yinlari

Sport 11:48 / 21.05.2023 33048

Angliya: Kazemironing mo‘jizaviy goli

Bornmut – Manchester Yunayted 0:1 
Gol: 0:1 – 9 Kazemiro.
Bornmut – Neto, Smit (Vinya, 66), Senesi, Zabarnyy, Kelli, Lerma, Kristi (Uattara, 66), Kuk, Bruks (Mur, 56), Entoni, Solanke.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Lindelef, Shou, Eriksen (Maktominey, 86), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Sancho (Garnacho, 72), Antoni (Fred, 86), Marsyal (Veghorst, 57).

Payshanba kuni «Nyukasl» qoldirilgan uchrashuvda «Brayton» mudofaasini yakson etdi (4:1) va kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolib, «Liverpul»ning YeChL yo‘llanmasi uchun imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Shanba kuni «MYu» «Bornmut» maydonidagi o‘yinni kuchli boshladi, Kazemiro esa chalqancha uslubda tezkor gol urdi. Agar uning jamoadoshlarida ham vaziyatdan foydalanish bo‘yicha shunday samaradorlik bo‘lganida hisob yirik ko‘rinishga kelgan bo‘lardi.

Amalda esa «qizil iblislar» qator golli vaziyatlarni yo‘qqa chiqarishdi va bu ular uchun o‘yin oxirida qimmatga tushishi mumkin edi. Ammo De Xea yakkama-yakka vaziyatda jamoasini qutqarib, Erik ten Hag jamoasini Chempionlar ligasiga yaqinlashtirdi, o‘zi esa mavsumdagi «quruq» o‘yinlari sonini 17 taga yetkazib, «Oltin qo‘lqop»ni yakka o‘zi olishini tasdiqladi. Endi jamoa muddatidan oldin YeChL yo‘llanmasini kafolatlashi uchun «Old Trafford»da «Chelsi»ga qarshi o‘yinda yutqazmasligi kifoya.

Liverpul – Aston Villa 1:1
Gol: 0:1 – 27 Remzi, 1:1 – Firmino 89.
 Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson (Tsimikas, 72), Henderson (Milner, 72), Fabino (Elliott, 81), Jons (Diogu Jota, 63), Saloh, Dias (Firmino, 72), Gakpo.
Aston Villa – Martines, Kesh, Mingz, Konsa, Din (Moreno, 53; Buendia, 65), Makginn, Kamara, Duglas Luis (Dendonker, 87), Remzi, Beyli (Yang, 53), Uotkins (Duran, 87).

«Liverpul»ning «Aston Villa»ga qarshi uy o‘yini esa juda murakkab tus oldi. Hujumchilarning o‘yini chiqmadi, mudofaadagi kamchiliklar esa Konate Uotkinsni gazonga qulatishiga olib keldi. Mezbon jamoa muxlislari baxtiga, «nuqta»ga yaqinlashgan jabrlanuvchi to‘pni xato yo‘lladi. «Villa»ning ushbu forvardi o‘ziga xos antirekordini yangiladi - u faoliyatida to‘qqiz bor 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirgan va shundan faqat to‘rttasida gol ura olgan.

Mehmonlar o‘yindan gol urishi osonroq ekani ma’lum bo‘ldi va «Liverpul» futbolchilarining yana bir xatosidan keyin Duglas Luiz uzoq ustun tomon chopib kelgan Jyeykob Remsiga diagonal pas berishi bilan hisob ochildi. Shu kuni VAR qarorlari ham mezbonlarga qarshi bo‘ldi. Gakponing goli bekor qilinishi ko‘p savol tug‘dirmagan bo‘lsa-da, birinchi bo‘limda Mings ushbu niderlandiyalik hujumchiga butsasining tishlari bilan tashlangan epizodda hakam faqat sariq kartochka bilan cheklanishini ko‘pchilik qabul qila olmadi. Jumladan, diskvalifikatsiya tufayli tribunada o‘tirib o‘yinni tomosha qilgan Yurgen Klopp ham.

Bunday o‘yinda mezbonlarni kim qutqarishi mumkin edi? Tabiiyki, shu kuni «Enfild» bilan xayrlashgan Roberto Firmino. U Salohning qanotdan uzatmasiga a’lo darajada reaksiya qilib, oltin davrlarni muxlislarning yodiga soldi, van Deyk esa golni aynan braziliyalik hujumchining karate uslubida nishonladi.

Oldinda hali vaqt ko‘p edi, arbitr ikkinchi bo‘limga roppa-rosa 10 daqiqa qo‘shib berdi, ammo «Liverpul» bundan ortig‘iga erisha olmadi, endi mersisaydliklarga YeChLga yo‘llanmaga ega chiqish uchun faqat mo‘jiza yordam beradi. «Enfild» shu kuni yana uch futbolchi - Aleks Oksleyd-Chemberlen, Jyeyms Milner va Nabi Keyta bilan ham xayrlashdi.

Nottingem Forest — Arsenal 1:0
Gol: Avoniyi (19).
Nottingem Forest – Navas, Ore, Felipe (Boli, 79), Niakate, Uorrell, Lodi, Mangalya, Yyeyts, Gibbs-Uayt, Danilo (Kuyate, 73), Avoniyi (Jonson, 79).
Arsenal – Remsdeyl, Gabriel, Uayt, Kiver (Tirni, 63), Jaka (Nketia, 63), Jorjino, Edegor, Parti, Saka, Trossar (Viyeyra, 70), Jyezus.
Ogohlantirishlar: Avoniyi (25), Niakate (45), Jyezus (54), Gabriel (78), Gibbs-Uayt (79).

«Manchester Siti» esa divanda o‘tirgan holda chempionga aylandi. «Arsenal» shunchaki ilojsiz ahvolda ko‘rindi deyish qiyin. Aftidan, «kanonirlar»da shunchaki emotsiyalar tugab qoldi, shu bilan birga ularda endi mo‘jiza tufayli chempion bo‘lishga ishonch ham yo‘q edi. Qolaversa, jamoaga zaxira o‘rindig‘ida resurslar yetishmadi. «Nottinghem» esa o‘yin davomida to‘pga egalik qilish bo‘yicha 18 foizlik ko‘rsatkich bilan ham o‘ziga kerakli natijaga erishdi.

«O‘rmonchilar» ligada qolish uchun kurashayotgandi va buni astoydil uddalashdi. Avvaliga hayot-mamot o‘yiniga aylangan trillerda «Sauthempton» mag‘lub etilib (4:3), chempionshipga yuborildi. Keyin «Chelsi» maydonidagi o‘yinda burilish yasaldi (2:2), endi esa «Arsenal» mag‘lub etildi. Shanba kungi o‘yinda raqib hujumi vaqtida to‘p yo‘qotilishidan boshlangan qarshi hujumni gol bilan yakunlagan Avoniyi — jamoa muxlislari uchun haqiqiy supermen. U so‘nggi uch turda beshta gol urdi va uning gollari jamoaga APLda qolishni ta’minladi. Ochkolari sonini 37 taga yetkazgan «Nottinghem»ga endi «Lester», «Everton» va «Lids» yeta olmaydi - ligada qolish uchun so‘nggi yo‘llanma uchun shu uch klub o‘rtasida kurash boradi.

«Arsenal» esa chempionlikni qo‘ldan boy berib (jamoa mavsumni sovrinsiz yakunladi), APL antirekordini o‘rnatdi. Mikel Arteta jamoasi 248 kun davomida turnir jadvalida peshqadamlik qilgandi. Angliya yuqori divizionida hech bir jamoa buncha uzoq vaqt yetakchilik qilib, yakunda chempionlikni boy bermagan.

Ispaniya: basklar katalon tavqi la’natidan xalos bo‘lishdi

Jirona — Vilyarreal 1:2
Gollar:
Lopes (24) — Pino (9), X.Moreno (90+4). 
Jirona – Gassaniga, Martines, Xuanpe, Bueno, Migel Guterres (Xavi, 78), David Lopes (Errera, 59), Yan Kouto (Reyner, 72), Martin, Rikelme, Tsigankov, Kastelyanos (Stuani, 59).
Vilyarreal – Reyna, Foyt (Femeniya, 68), Mandi, Kuenka, Pedrasa (Alberto Moreno, 63), Kapu, Aleks Baena, Pino (Trigeros, 80), Terrats (Lo Chelso, 62), Chukvueze (Xerar Moreno, 62), Jyekson.
Ogohlantirishlar:  Pino (23), Lopes (55), Errera (71).

La Ligada to‘rtlik uchun kurash «Jirona»ning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirokida keskinlashdi. Bir tur oldin kataloniyaliklar «Real Sosedad» maydonidagi o‘yinda ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqara olishgandi (2:2). Endi ular San-Sebastyan jamoasini ikki ochkolik farq bilan ta’qib qilayotgan «Vilyarreal» bosimiga dosh bera olmadi. «Sariq submarinalar» o‘yinga qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada g‘alabani ilib ketishdi, bu o‘yinda yana Jyekson qahramon bo‘ldi. Ikki golga uzatma muallifi bo‘lgan 21 yoshli senegallik — mavsum kashfiyotlaridan biridir. Aprel oyi boshidan buyon u la liganing eng sermahsul futbolchisidir — 7 gol va 2 pas.

Barselona — Real Sosedad 1:2
Gollar: Levandovski (90) — Merino (5), Syorlot (72).
Barselona – ter Stegen, Balde, Kristensen, Kunde (Alonso, 46), Alba, Buskets (Garsiya, 84), Kessie (Ferran Torres, 63), de Yong, Dembele (Torre, 86), Rafinya (Fati, 63), Levandovski.
Real Sosedad – Remiro, Elustondo, Le Norman, Subeldiya (Pacheko, 81), Riko, Ilyarramendi (Gorosabel, 58), Merino, Subimendi, Barrenechea (Marin, 73), Syorlot (Fernandes, 81), Cho (Kubo, 58).
Ogohlantirishlar: Subeldiya (8), Ilyarramendi (37), Levandovski (53), Buskets (72), Alonso (79), Kubo (79), de Yong (85), Fernandes (85).

«Barselona» uchun oltin o‘yin medallarni olib kelgan o‘tgan tur o‘yinida «Espanol» ko‘k-anorrangli atributli tomoshabinlarni stadioniga kiritmagandi. Shanba kuni esa «Kamp Nou»da «Barsa» muxlislari chempionlikni nishonlashdi. Ammo hech qanday motivatsiyaga ega bo‘lmagan mezbonlar safida Pedri, Gavi va Arauxoga dam berildi. «Real Sosedad»ga esa to‘rtinchi o‘rinni mustahkamlash uchun ochko kerak edi, jamoa futbolchilari mezbonlarga chempionlik yo‘lagi tashkillashtirishdan ortiq narsa berishga rozi emasdi.

Serlot va Merino 5-daqiqadayoq mezbonlar himoyasini dog‘da qoldirdi va «Barsa»ning la ligada quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordni yangilashini kechiktirdi. Bu mehmonlar uchun tasodifiy muvaffaqiyat emasdi, basklar tanaffusgacha hisobni yiriklashtirishi ham mumkin edi, ammo Sho va Barrenechea qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. Umuman, mehmonlar YeChLga yo‘llanma beruvchi kuchli to‘rtlikda qolish va Kataloniya poytaxtida 24 mag‘lubiyatdan iborat dahshatli seriyaga barham berish uchun barcha ishni qilishdi.

Bu ikki vazifa ham uddalandi, shu kuni tinib-tinchimagan Serlot ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida «Barsa» darvozasiga ikkinchi golni urib, o‘yin taqdirini amalda hal bo‘ldi. Ikkinchi gol urilgan hujumda asosiy ishni maydonning ikkinchi qismida to‘pni olib qo‘yib, hujumni boshlab bergan va hujum oxirida norvegiyalik hujumchini to‘p bilan ta’minlagan Subimendi bajardi. Bu nomerdan keyin Xavi nima uchun ushbu tayanch yarimhimoyachisini top-futbolchi deb atayotgani va jamoani tark etayotgan Busketsga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani barchaga tushunarli bo‘ldi.

Italiya: Jiruning het-trigi

Milan — Sampdoriya 5:1
Gollar:
Leau (9), Jiru (23, 29 penalti, 68), Dias (63) — Kualyarella (20).
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori (Ker, 81), Tiav, Ernandes (Ballo-Ture, 81), Krunich, Braim Dias (de Ketelare, 70), Tonali (Pobega, 81), Leau, Messias (Salemakers, 60), Jiru.
Sampdoriya – Ravalya, Dzanoli, Nyuytink (Amione, 69), Gyunter, Audjyello, Leris, Rinkon (Paoletti, 82), Jurichich (Ilhan, 82), Uinks, Kualyarella (Ikonomu, 69), Gabbyadini (Lammers, 69).
Ogohlantirishlar: Gyunter (27), Dzanoli (30), Ernandes (75), Ikonomu (89).

«Milan» hozirda inqirozda, ammo A Seriyani tark etib ulgurgan «Sampdoriya»ni yenga olmaslik darajasida chuqur inqirozda emas. O‘tgan oyning eng yaxshi o‘yinchisi uchun mukofotni qabul qilib olgan Rafael Leau tezkor gol bilan hisobni ochdi. 40 yoshli Kualyarellaning javob goli esa faqat Jiru «quturishi»ga sabab bo‘ldi — u shu kuni het-trik rasmiylashtirdi. Ushbu fransuz oxirgi bor bunday sermahsul o‘yinni 2020 yil dekabrida o‘tkazgan, o‘shanda «Chelsi» safida u Chempionlar ligasi o‘yinida «Sevilya» darvozasiga poker qayd etgandi. Jamoadoshlari ham undan qolishmaslikka harakat qildi. Leau gol urdi, pas berdi va penalti ishladi. Braim Diasda — ikki golli uzatma va bir gol.

Pioli shogirdlari hamon kuchli to‘rtlikdan tashqarida va bu turdagi o‘yinini yakshanba kuni o‘tkazadigan «Latsio»dan bir ochkoga ortda. Lekin rossonerilar hamon Chempionlar ligasi uchun kurashda qolmoqda. Qolaversa, «Yuventus» yana ochkolardan mahrum etilishi mumkin. Milanliklar keyingi turni aynan turinliklarga qarshi o‘tkazadi.

Germaniya: Chempionlar ligasiga faqat bitta vakansiya qoldi

Bavariya – RB Leypsig 1:3
Gollar: 1:0 – 25 Gnabri, 1:1 – 64 Laymer, 1:2 – 76, penalti Nkunku, 1:3 – 86, penalti Soboslai.
Bavariya – Zommer, Mazraui, Pavar, de Ligt, Joau Kanselu, Goretska (Gravenberh, 69), Kimmih, Myuller, Koman (Tel, 77), Musiala, Gnabri (Sane, 69).
RB Leypsig – Blasvih, Simakan (Henrixs, 46), Orban, Gvardiol, Halstenberg, Diallo, Klostermann, Laymer, Olmo, Aydara (Kampl, 69), Soboslai, Andre Silva (Forsberg, 69), Nkunku.

«Borussiya»ning sobiq bosh murabbiyi, Dortmunddagi faoliyatining birinchi yilidayoq javobi berilgan Marko Roze «asalarilar» jamoasiga chempionlik uchun umidni qaytardi. To‘g‘ri, o‘yinning birinchi bo‘limida bunga ishora ham yo‘q edi. «Bavariya» «Leypsig»ni jarima maydoniga qamab qo‘ydi va myunxenliklarning bu mavsumdagi eng yaxshi to‘purari Gnabri hisobni ochdi. Bo‘lim amaldagi chempionlar uchun ideal darajada yakunlanishi ham mumkin edi, ammo Koman qulay vaziyatda bosh bilan aniq zarba bera olmadi.

Lekin barchasini omadsizlikka ag‘darish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Birinchi bo‘lim davomida «ho‘kizlar» jamoasida ham kuchli daqiqalar bo‘lgandi va faqat Zommerning sa’y-harakatlari tufayli hisob tenglashmay qolgandi. Ammo birinchi bo‘limda bo‘lmagan ish ikkinchi bo‘limda bo‘ldi. Burchak zarbasidan keyin «Bavariya» qarshi hujumni o‘tkazib yubordi va bu hujumni Nkunkuning xato uzatmasi yo‘qqa chiqaray deganda Laymer to‘pga ega chiqib, to‘pni kuchli zarba bilan darvoza to‘sini ostidan darvoza to‘riga joylashtirdi.

Oldingi «Bavariya» bunday vaziyatda yana tashabbusni qo‘lga olib, raqibni yanchib tashlagan bo‘lardi. Tomas Tuxel jamoasi esa, aksincha, o‘ziga odat bo‘lib qolganidek, bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin o‘ziga kela olmadi va yana gol o‘tkazib yubordi. Pavar jarima maydoniga kirish joyida terma jamoadagi jamoadoshi Nkunkuni yiqitdi va jabrlanuvchining o‘zi jarima zarbasini aniq ijro etib, «Alyans Arena»ni shokka tushirdi. Yana bir 11 metrlik jarima zarbasidan keyin — uni Sobosloi aniq ijro etdi — «ho‘kizlar» o‘z tarixida ilk bor Myunxendan g‘alaba bilan qaytishiga shubha qolmadi.

«Leypsig» uchinchi o‘rinni kafolatlab, keyingi mavsumda to‘g‘ridan to‘g‘ri Chempionlar ligasi guruh bosqichida qatnashadigan bo‘ldi. «Bavariya» esa o‘n yillik gegemonligiga barham berilishi arafasida turibdi, Dortmunddagilar bayramga tayyorlana boshladi. «Borussiya» uchun asosiysi — avvalgi mavsumlarda bo‘lgani kabi raqib taqdim etgan imkoniyatni qo‘ldan chiqarib yubormaslik. Dortmundliklar endi chempionlikka erishish uchun keyingi ikki o‘yinda «Augsburg» va «Mayns»ni yengsa kifoya, «Bavariya»ning so‘nggi turda «Kyoln»ga qarshi o‘yini natijasi ahamiyatini yo‘qotadi.

Tuxel Nagelsman o‘rniga tayinlanganida «Bavariya» Bundesligada peshqadamlikdan tashqari, YeChL chorakfinalida va Germaniya kubogi yarimfinalida edi. Endi esa katta ehtimol bilan Myunxen klubi mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘lib turibdi. 

Hoffenhaym – Union 4:2
Gollar: 1:0 – 22 Bebu, 2:0 – 36, penalti Kramarich, 2:1 – 45 Duki, 3:1 – 89 Kramarich, 3:2 – 90 Laiduni, 4:2 – 90 Dabbur.
Hoffenhaym – Baumann, Bruks, Akpoguma (Bichakchich, 70), Kabak, Anxelino, Beker, Gayger (Rudi, 60), Premel, Baumgartner (Dabbur, 65), Kramarich, Bebu.
Union – Rennov, Trimmel (Yuranovich, 69), Yyekkel (Sebatsho, 80), Diogu Leyte (Baumgartl, 46), Duki, Russiyon, Hedira, Haberer (Leveling, 69), Torsbyu (Laiduni, 46), Bekker, Berens.

Chempionlar ligasiga to‘rtinchi yo‘llanmaga ega chiqish uchun «Union» «Frayburg»ning juma kungi g‘alabasidan keyin o‘z o‘yinida ochko olishi talab etilardi. Mahalliy fanatlarning fayyer-shousi tufayli boshlanishi kechikkan Zinshaymdagi o‘yin arafasida berlinliklar asosiy ta’qibchisi «Frayburg»ni faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirayotgandi. Ammo o‘yindagi mas’uliyat mehmonlarni bosim ostida qoldirdi.

Bebuning hisobni ochgan goli — mehmon futbolchilarining xatolari zanjiri natijasi bo‘ldi. Keyin «Hoffenhaym» penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi, mehmonlar faqat tanaffus arafasida o‘ziga xos burchak to‘pidan javob goli urib, intrigani qaytarishdi. Intriga o‘yin oxiriga qadar saqlanib qoldi, o‘yin oxirida esa ikki jamoa jami uch gol urdi, mezbonlar to‘purari Kramarich bundesligadagi gollari sonini 100 taga yetkazib qo‘ydi. Endi «Union» so‘nggi turda «Verder»ni mag‘lub etishi talab etiladi. Bu holda «Frayburg» to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilishi uchun safarda «Ayntraht»ni o‘ta yirik hisobda yengishi talab etiladi.

Fransiya: «Marsel» chempionlikdan rasman umid uzdi

Lill — Marsel 2:1
Gollar: Devid (49, penalti), Bamba (72) — Kloss (29).
Lill – Shevale, Diakite, Yoro, Ismaili (Gudmundsson, 26), Marten (Unas, 81), Andre Gomesh (Kabella, 67), Andre, Num (Gomes, 68), Vea, Bamba, Devid (Bayo, 81).
Marsel – Lopes, Kloss, Mbemba, Jigo (Kabore, 19; Vitinya, 71), Balerdi, Kolashinats, Veretu, Malinovskiy, Ronjye, Under, Sanches.
Ogohlantirishlar: Balerdi (37), Ronjye (55), Andre (57), Bamba (73), Bayo (85).

Bir kun oldin «Lion»ga yutqazgan (1:3) «Monako»ni ta’qib qilib kelayotgan «Lill» monegaskliklarga ikki ochko masofada yaqinlashib keldi. «Doglar» chempionatda hisobda oldinga chiqib olganida ustunlikni ushlab qolish bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega jamoa ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Shanba kungi o‘yinda «Marsel» himoyasi 19-daqiqada Jigo jarohat olishi tufayli kuchsizlandi, u boshidan zarba olgach, o‘yinni davom ettira olmadi.

Mehmonlar usiz ham hisobni ochishdi, ammo tanaffusdan keyin «Lill» o‘yinda burilish yasay oldi. Bamba mavsumdagi 6-golini urib (unda 6 ta golli pas ham bor), jamoasi g‘alabasini ta’minladi. Hisobni tenglashtiruvchi golni urgan Devid tarixga kirdi — «Lill» futbolchisi liga 1 o‘yinlarida urgan gollari sonini 50 taga yetkazishi so‘nggi bor 1981 yilda kuzatilgandi. Yozda kanadalik to‘purarni ushlab qolish oson bo‘lmaydi, hozircha u jamoasini Yevropa Ligasi guruh bosqichiga olib chiqish uchun barcha ishni qilmoqda.

«Marsel» esa mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida peshqadam «PSJ»dan 8 ochkoga ortda qolmoqda va rasman chempionlik uchun imkoniyatni yo‘qotdi. 

Kun statistikasi

  • La ligada «Almeriya» tarixidagi 1-het-trik braziliyalik Lazaro Vinisius tomonidan rasmiylashtirildi.
  • APL tarixida bir jamoa urgan gollari va o‘tkazib yuborgan gollari soni 60 tadan oshishi 2-bor kuzatildi. 15 yil muqaddam ham bunday natija «Tottenhem» tomonidan qayd etilgandi.
  • Qatorasiga uchinchi bor Angliya chempioniga aylangan «Manchester Siti» bu borada «Haddersfild», «Arsenal», «Liverpul» va «MYu»dan keyingi 5-jamoa bo‘ldi.
  • «Tottenhem» Keyn gol urgan o‘yinlarda 7 bor mag‘lub bo‘ldi. APLda bundan yomonroq vaziyat 2017/18 yilgi mavsumda kuzatilgandi, o‘shanda «Lester» asosiy to‘purari Vardining gollariga qaramay to‘qqiz o‘yinda yutqazgandi.
  • APLning bu mavsumida «Brentford» 14 g‘alabaga erishdi. «Qovog‘arilar» jamoasi Angliyaning yuqori divizionida so‘nggi bor 1938/39 yillar mavsumida shuncha o‘yinda g‘alaba qozongandi.
  • Manchester klublari qo‘lga kiritgan chempionliklar soni 29 taga yetdi. Shundan 20 tasi — «MYu»niki, to‘qqiztasi — «Siti»niki. Mankunianliklar bu borada Liverpul shahrini ortda qoldirdi, bu shahar vakillari bo‘lgan «Everton» 9, «Liverpul» — 19 bor chempion bo‘lgandi.
  • «Shalke» hujumchisi Teroddega «kobaltchilar»ning bundesligada shunday hisob yuritilishi boshlangan 2004/05 yillar mavsumidan buyon qayd etilgan eng tez golni urishi uchun 47 soniya yetarli bo‘ldi.
  • «Arsenal» APLda 248 kun davomida turnir jadvalini boshqardi. Bu yakunda sovrindan quruq qolgan jamoalar uchun maksimal davrdir.
Ko‘proq yangiliklar: