Saida Mirziyoyeva Venetsiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy paviloni ochilishida qatnashdi

Jamiyat 09:04 / 21.05.2023 25085

Pavilon tashabbuskori sifatida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, kuratori sifatida “Studio KO” faoliyat yuritmoqda

Pavilonga tashrif buyuruvchilar mamlakatimizning boy va turfa madaniy merosi haqida tasavvurga ega bo‘ladi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

“Bu safar madaniyatimiz an’anaviy hunarmandchilik, xalqimiz matonati va qudrati timsoli bo‘lgan qadimiy istehkom qal’alarining bunyod etilishi, yurtimizning  uzun va serqirra tarixi aks etgan eksponatlarda namoyon bo‘ladi. 

Venetsiyada tashkil etilgan ushbu ko‘rgazma eshiklari 2023 yilning 20 mayidan 26 noyabriga qadar ochiq bo‘ladi”, — deb yozib qoldirdi Saida Mirziyoyeva.

Ko‘proq yangiliklar: