Gulistonda olib qochilgan mashina YTHga uchragan holda topildi

Jamiyat 12:51 / 21.05.2023 18708

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida olib qochilgan mashina YTHga uchragan holda topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Guliston shahar, Navbahor mahallasi Xondamir ko‘chasida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan Sh.O. mazkur ko‘chada turgan Nexia’ni g‘ayriqonuniy ravishda ochib, kaliti turganidan foydalanib, uni olib qochgan. 

U mashinada ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Guliston shahar 6-sonli umumta’lim maktabi binosini o‘rab turuvchi temir panjaraga katta tezlikda borib urilgan va avtomashinani qoldirib, o‘zi hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro Sh.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: