Toshkent viloyatida 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlovchi qurilma ishga tushiriladi

O‘zbekiston 07:33 / 20.05.2023 11343

Respublika hududida YTHlar oldini olish, qoidabuzarliklarga chek qo‘yish va harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida YPX xodimlariga biriktirilgan xizmat avtomobillariga o‘rnatilgan 360 gradusda qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus qurilma Toshkent viloyati avtomobil yo‘llarida ishga tushiriladi.

Qurilma to‘xtab turganda va harakat davomida ham bir qancha qoidabuzarliklarni aniqlaydi. Xususan:

  • o‘zi bilan bir yo‘nalishda va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish;
  • harakatlanish tezligini me’yoridan oshirish;
  • svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik (to‘xtash chizig‘ini bosish);
  • yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi;
  • yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmaslik;
  • yo‘nalishli transportlar harakati uchun mo‘ljallangan tasmalarga o‘tib harakatlanish yoki to‘xtash tartibi va ushbu tasmada belgilangan talablarni buzish;
  • davlat raqam belgisi orqali avtomobil qidiruvda yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Ko‘proq yangiliklar: