Tadbirkorlikka oid ko‘mak loyihalariga Savdo-sanoat palatasi hamkor sifatida jalb etiladi

O‘zbekiston 09:53 / 20.05.2023 4494

Hujjatga muvofiq, davlat organlari va idoralar tomonidan tadbirkorlikka oid barcha tashqi beg‘araz ko‘mak loyihalarini amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi.

SSPning qo‘shimcha moliyalashtirish manbai sifatida davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar belgilanmoqda.

2023 yilning yakuniga qadar respublikaning 23 ta tumanida SSP, xayriya mablag‘lari hamda mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan «tadbirkorlar xiyobonlari»ni barpo etilishi rejalashtirilgan.Mazkur xiyobonlar Wi-Fi zonalarga ega bo‘ladi hamda ulardan tadbirkorlar, bank vakillari, investorlarning biznes loyihalarini muhokama qilish maydoni sifatida foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: