Rossiya hukumati Greenpeace'ni "nomaqbul tashkilot" deb e’lon qildi

Jahon 12:20 / 20.05.2023 5723

Eng yirik xalqaro nohukumat ekologik tashkilot - Greenpeace Rossiyada "nomaqbul tashkilot" deb e’lon qilindi. "U Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligi asoslariga tahdid soladi", - deyiladi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi 19 may, juma kuni tarqatgan bayonotda. “Jamg‘armaning sa’y-harakatlari ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish va mamlakatdagi hukumatni konstitutsiyaga zid yo‘l bilan o‘zgartirishga urinishdir”, - deb hisoblaydi huquqni muhofaza qiluvchi organ.

Prokuratura, shuningdek, Rossiyada ekologlarning faoliyati "aslida siyosiy pozitsiyani faol ilgari surish, davlatning ichki ishlariga aralashishga urinishlar bilan birga kuzatilmoqda va uning iqtisodiy asoslarini buzishga qaratilgan", deb hisoblaydi. "Ko‘pincha Greenpeace ishi salbiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, infratuzilma va energetika loyihalarini amalga oshirishning oldini olish uchun ma’lumot kampaniyalarini va hokimiyat bilan kelishilmagan ommaviy aksiyalarni tashkil etish orqali Rossiya davlat dasturlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq", deyiladi bayonotda.

Alohida satrda Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanganidan so‘ng tashkilot faollari “Rossiyaga qarshi targ‘ibot-tashviqot bilan shug‘ullanayotgani, Rossiya Federatsiyasini yanada iqtisodiy izolyatsiya qilishga va sanksiya choralarini kuchaytirishga chaqirayotgani” qayd etilgan. 

Greenpeace xalqaro nodavlat ekologik tashkilot sifatida 1971 yilda Kanadada tashkil etilgan va 55 mamlakatda vakolatxonalariga ega. Rossiya filiali 1992 yilda ochilgan. Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Greenpeace vakolatxonasining Rossiyadagi ikki – Moskva va Sankt-Peterburgdagi ofislarida 100 ga yaqin xodim ishlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: