O‘zbekistonlik talabalar Jazoirda arab tilini o‘rganishni boshladi

O‘zbekiston 09:34 / 20.05.2023 3086

Bu safar saudiyalik gazetxonlar e’tiboriga ta’lim sohasidagi hamkorlikka doir ma’lumot havola etilgan. «Uch nafar o‘zbekistonlik talaba Jazoirda arab tilini o‘rganmoqda» sarlavhasi ostidagi maqolada joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) delegatsiyasi Jazoirga tashrif buyurgani to‘g‘risida xabar qilinadi.

Ta’kidlanishicha, tashrif davomida Jazoirning 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.

Uch nafar o‘zbekistonlik talaba Jazoirdagi Al-Vad universitetida arab tilini o‘rganishni boshladi. Saudiya axborot manbasiga ko‘ra, ular Al-Vad provinsiyasidagi shahida Xama Laxdara universitetiga joriy yilning 1 may kuni kelishgan.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab O‘zDJTUdan yana 20 nafar o‘zbekistonlik talaba Al-Vad universitetining Arab tili kafedrasida amaliyot o‘taydi, deb yozadi Alharir.info nashri.

Ko‘proq yangiliklar: