Odam savdosi uchun qidiruvga berilgan ayol Malayziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

O‘zbekiston 08:01 / 20.05.2023 22970

Kuala-Lumpurdan Toshkentga O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamkorligida odam savdosi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va ko‘p yillar Malayziyada yashirinib yurgan shaxs olib kelindi

Ayol firibgarlik yo‘li bilan xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirib berishni va’da qilib, qizlarni Malayziyaga olib borib, o‘z sheriklari bilan jabrlanganlarning pasportlarini zo‘rlik bilan olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.

Gumonlanuvchi Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot ko‘magi, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qo‘lga olindi. 

Kelishilgan harakatlar tufayli qidiruvdagi ayolni qo‘lga olish va Malayziya rasmiylari O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilmaguncha uni hibsda saqlash mumkin bo‘ldi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol sudda adolat qaror topishi uchun Toshkent shahriga olib kelish maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: