Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

O‘zbekiston 13:11 / 20.05.2023 38874

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 mayda +13...+18 daraja, 23-24 mayda +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-23 mayda +17...+22 daraja, 24 mayda +15...+20 daraja, kunduzi 22 mayda +33...+38 daraja, 23-24 mayda +30...+35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22 may va 24 mayda +17...+22 daraja, 23 mayda +19...+24 daraja, kunduzi 22 mayda +33...+38 daraja, 23-24 mayda +30...+35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: