«Markaziy Osiyo – Xitoy» ikkinchi sammiti Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 18:57 / 19.05.2023 6403

Keyingi «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammiti 2025 yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xitoy rahbari Si Jinping ma’lum qildi.

«Keyingi sammit 2025 yilda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadi», dedi u.

Qayd etilishicha, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy yetakchilari har ikki yilda bir marta ushbu formatda uchrashuv o‘tkazishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 may kuni Xitoyning Sian shahrida birinchi «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammiti boshlandi. Unda Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etyapti.

Ko‘proq yangiliklar: