ADM Jizzakh O‘zbekistonda Chery gibrid avtomobillari va elektromobillarini ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qiladi

O‘zbekiston 18:55 / 19.05.2023 21326

O‘zbekistondagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan ADM Jizzakh Chery International bilan hamkorlikda gibrid avtomobillar va elektromobillar ishlab chiqarishni boshlaganini e’lon qildi.

Qaror ADM Jizzax rahbariyatining Xitoyning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Chery kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuvidan so‘ng qabul qilindi.

Foto: ADM Jizzakh

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, Chery  ADM Jizzakh bilan birgalikda avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish, shu jumladan kuzovlarni payvandlash va bo‘yash, yig‘ish, avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni (CKD) tashkil etish niyatini tasdiqladi.

Foto: ADM Jizzakh

O‘zbekistondagi ADM Jizzakh tomonidan CKD uslubida yig‘iluvchi modellar tomonlarning O‘zbekiston avtomobil bozorini tahlil qilishi natijalariga ko‘ra tanlanadi, shunga qaramay, modellar qatori quyidagi platformalardan iborat bo‘ladi deb taxmin qilinmoqda:

- Tiggo oilasi, shu jumladan gibrid modellar (PHEV)

- Arizo oilasi, shu jumladan gibrid modellar (PHEV)

- elektromobillar.

Foto: ADM Jizzakh

Modellar qatori, Chery  kompaniyasining rejalariga muvofiq doimiy ravishda yangilanib boradi.

Muzokaralar davomida tomonlar, yangi ish o‘rinlari yaratish va mamlakat iqtisodiyotini rag‘batlantirish imkoniyatlarini yaratuvchi O‘zbekistondagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.

Bundan tashqari, ADM Jizzakh va Chery  kompaniyasi vakillari O‘zbekiston bozori uchun mavjud bo‘lgan Chery  avtomobillari modellari qatorini kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqdilar. Bu kam chiqindilar chiqaruvchi va energiyadan samarali foydalanuvchi avtomobillarga ortib borayotgan talabni qondirish imkonini beradi

Chery  bilan bu boradagi hamkorlik, O‘zbekistonda ekologik toza texnologiyalarni rivojlantirishda muhim odim bo‘ladi. Ushbu hamkorlik orqali o‘zbekistonlik iste’molchilar xalqaro sifat va ekologik xavfsizlik standartlariga javob beradigan keng turdagi avtomobillardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

ADM Jizzakh innovatsiyalarga va o‘z mahsulotlarini yaxshilashga, shuningdek, xalqaro bozorlarda o‘z ishtirokini kengaytirishga intilib kelmoqda. Chery  bilan hamkorlikda kompaniya o‘zbek va xalqaro iste’molchilar talablariga javob beradigan yangi avlod avtomobillarini yaratish ustida ish olib boradi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt: https://cheryauto.uz/

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan/

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Ishonch telefoni: 71 276 55 55

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: