Rossiya Adliya vazirligi "chet el agentlari" ro‘yxatini kengaytirdi

Jahon 07:44 / 06.05.2023 4900

Ro‘yxatni xalqaro "FBK" rahbari Mariya Pevchix va ushbu tashkilot xodimi Georgiy Alburov, shuningdek, Novosibirskning "Tayga.info" nashri to‘ldirdi.

Pevchixning reyestrga kiritilishini asoslab, Adliya vazirligi, xususan, u "Rossiya Federatsiyasining salbiy imijini shakllantirishga qaratilgan fikrlarni tarqatgan" va Rossiya rahbariyatiga qarshi sanksiyalarni omma oldida qo‘llab-quvvatlaganini da’vo qilmoqda. 

Alburov "Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining harakatlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan" va shuningdek, sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan.

Bundan tashqari, quyidagilar "chet el agentlari" deb e’lon qilindi: "Populyarnaya politika" boshlovchisi Yan Matveyev, publitsistlar Aleksandr Osovsov, Ivan Preobrajyenskiy va Vladimir Pastuxov, Davlat dumasining sobiq deputati Mariya Maksakova-Igenbergs, ko‘ngilli Yelena Agafonova, "Myagkaya sila" ayollar ijtimoiy-siyosiy harakati, "SK SOS" inqiroz guruhi.

Ko‘proq yangiliklar: