Dunyoda birinchi marta ona qornidagi chaqaloqning miyasida operatsiya o‘tkazildi 

Jahon 22:20 / 05.05.2023 17993

Amerikalik jarrohlar tibbiyot sohasida yangi ilmiy yutuqni qayd etdilar va ona qornidagi bolaning miyasida birinchi muvaffaqiyatli operatsiyani amalga oshirdilar. 

Gap Boston Children's Hospital va Brigham and Women's Hospital shifokorlari yutug‘i haqida ketmoqda. Jarrohlar bolaning miyasidan muammoli tomirni embolizatsiya qilish orqali uning hayotini saqlab qolishdi. Bu haqda Science Alert yozdi. 

Qayd qilinishicha, bola yuragida kamyob tug‘ma kasallik – arterial-venoz malformatsiya aniqlangan. Unda arteriyalar va tomirlar o‘rtasidagi qon aylanish tizimida shuntlar paydo bo‘ladi, oqibatda qon yuqori bosim ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri venalarga quyiladi. Odatda tomirlarning malformatsiyasi juda kam uchraydi — o‘rtacha 60 ming chaqaloqda bir marta. 

Bu holatda uchinchi trimestrdagi (homiladorlikning 34 haftasi) homila miyasida katta qon tomiri topilgan. Ilgari, bunday muammoga duch kelgan shifokorlar, odatda, chaqaloqni tug‘ilganidan keyin operatsiya qilishgan. 

Ammo bu holat muammoli bo‘lib chiqqan va shifokorlar operatsiyani bajarishga vaqt yetmasligidan cho‘chishgan. Shuning uchun ular tavakkal qilib, ultratovush yordamida ona qornidagi chaqaloqni operatsiya qilishgan. 

Foto: ScienceAlert

Operatsiya yaxshi o‘tgan. Chaqaloq eson-omon tug‘ilgan va hozir 6 haftalik. 

«Biz mamnuniyat bilan xabar qilamizki, chaqaloq 6 haftada o‘zini yaxshi his qilyapti, hech qanday dori-darmon qabul qilmayapti, odatdagidek ovqatlanyapti, vazni ortyapti. Miyada hech qanday salbiy ta’sir belgilari yo‘q», deb jarrohlar o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ko‘proq yangiliklar: