Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

O‘zbekiston 15:38 / 06.04.2020 41116

Hujjatda qayd etilishicha, 1 maydan boshlab neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi faqat birja savdolari orqali sotilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Qarorda dizel yoqilg‘isi, shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isini 2020 yilning I choragidagi birja savdolari natijalariga ko‘ra shakllangan o‘rtacha narx bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotib olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati belgilab berilgan. Bular:

– budjet tashkilotlari

– paxta xomashyosi va g‘alla ishlab chiqaruvchi fermer xo‘jaliklari

– paxta-to‘qimachilik klasterlari

– “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

– “Toshshahartransxizmat” AJ

– maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha davlat korxonalari.

Shuningdek, ushbu tashkilotlarga dizel yoqilg‘isi neftni qayta ishlash zavodlaridan neft mahsulotlarini birja savdolari orqali xarid qilish huquqini taqdim etgan holda sotiladi.

Neftni qayta ishlash zavodlari “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalarining buyurtmanomalariga ko‘ra yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlarga dizel yoqilg‘isi, shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isini “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan belgilanadigan chegirma asosida sotadi.

Ko‘proq yangiliklar: