Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston 09:29 / 19.02.2020 17096

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 19 fevral kuni Anqaraga jo‘nab ketdi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbarlari ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi tadbirlarini o‘tkazadilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi.

Prezident Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, Turkiya Respublikasi prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: