O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:
Ayupov Shavkat Abdullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori
Basitxanova Elmira Irkinovna - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
Rafiqov Kudratulla Mirsagatovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o‘rinbosari
Saidov Sirojiddin Saloxovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
Sayfullayev Baxtiyor - O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori
Sanakulov Kuvandik - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori
Safoyev Sodiq Solixovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari
Sa'dullayev Alisher Zafar o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari
Turdiyev Sodiqjon - O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi
Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich - Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi
Yuldashev Bexzod Sadikovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari etib tayinlandi.
Senat to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, Senat a'zolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi.
Senatning o‘n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tayinlanadi.