Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston 07:24 / 24.08.2018 17155

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari u yerda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta'sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.

Avvalroq, Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining sammiti oldidan Turkmanboshi shahrida Markaziy Osiyo davlatlarining ekologiyani muhofaza qiluvchi tashkilotlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: