Prokuror Bobomurod Abdullayevni 5 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi

O‘zbekiston 18:25 / 02.05.2018 95147

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvchilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar ishi bo‘yicha sud eshituvlari o‘z yakuniga yetmoqda. 

KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, davlat ayblovchisi Bahrom Qobilov suddan sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevga besh yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so‘ragan. Qolgan sudlanuvchilarga oqlov hukmi chiqarish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha yangi ekspertiza xulosasi ma'lum bo‘lgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: