Jakartada Trampning Quds bo‘yicha qaroriga qarshi norozilik o‘tkazilmoqda (Video)

Jahon 12:30 / 17.12.2017 12507

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida 80 mingga yaqin kishi AQSh prezidenti Donald Trampning Quds shahri bo‘yicha qaroriga noroziliklarini izhor qilib poytaxt ko‘chalariga chiqishdi. Bu haqda The Straits Times nashri xabar qilmoqda.

Ko‘p ming kishilik olomon Milliy mustaqillik monumenti minorasi oldida to‘planishgan. Mahalliy politsiyaning xabar qilishicha, vaziyat tinch va xavfsiz bo‘lib qolmoqda.

Monumentdan 100 metrlar chamasi uzoqlikda AQShning Indoneziyadagi elchixonasi joylashgan. Elchixona binosi yaqinida o‘tgan haftalar mobaynida bir necha norozilik aksiyasi tashkil etilgan edi. Ularni Indoneziya ulamolar kengashi va boshqa bir nechta musulmon tashkilotlari uyushtirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp Quds shahrini Isroil poytaxti sifatida tan olgan hamda u yerga Amerika elchixonasini ko‘chirishga qaror qilgandi. AQSh qarori Isroilda ijobiy kutib olingan, ammo dunyoning aksar mamlakatlari, jumladan Yaqin Sharq davlatlari va Falastin tomonidan salbiy qarshi olingan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: