Video: 85 yoshli amerikalik kampir nevarasining tavallud kunida parashyutdan sakradi

Jahon 17:10 / 17.12.2017 4455

Amerikalik 85 yoshli Henriyetta Sibenberg nevarasi Shmuel Eyzenman bilan birga parashyutdan sakradi, deb xabar qilmoqda NBC 6 South Florida telekanali. U shu usul bilan nevarasining 18 yoshga to‘lishini nishonlagan. 

— Men buvimdan: "Men bilan borasanmi?", deb so‘radim, u: "Nima uchun yo‘q", dedi, — deb hikoya qiladi Shmuel.

Uning izoh berishicha, buvisi bilan parashyutdan sakrash uning uchun ko‘p narsani anglatadi. Shmuel qayd etganidek, Henriyetta holokostdan qutilib qolganlar sirasiga kiradi. Uning otasi Osventsim lagerida o‘ldirilgan, shu boisdan Fransiyadagi katolik oilasida tarbiyalangan. 

Keksa ayolning aytishicha, yana 2 yil yashasa, nevarasi bilan navbatdagi parashyutdan sakrashni amalga oshiradi. 

— Bu hayotdan bahra olishga intil. Chunki sen ertaga tongda uyg‘onasanmi, yo‘qmi bilmaysan. Har bir kun  — yana bir kundir, — deb qo‘shimcha qilgan Henriyetta. 

Ko‘proq yangiliklar: