Toshkentda yuz bergan mashina olib qochish fosh etildi

Jamiyat 18:22 / 17.12.2017 11482

2017 yilning 25 noyabr kuni soat 03:00 larda noma'lum shaxs Shayxontohur tumani hududida Hamidov Nurbekka tegishli bo‘lgan «Neksiya-3» rusumli avtomashinasi qarovsiz qoldirilganligi hamda uning eshiklari qulflanmagan holatda ekanligidan foydalanib, uni olib qochgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur avtomashina Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududida topilgan. Bu haqda ShIIBB Matbuot xizmati xabar beradi.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi, 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Tozalash-Antiterror» tadbiri davomida, mazkur jinoyatni 1986 yilda tug‘ilgan V. B. va 1992 yilda tug‘ilgan Q. A. sodir etganligi aniqlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: