Rekord. Frantsuz yaxtachisi dunyoni 42 kunda aylanib chiqdi

Jahon 10:25 / 17.12.2017 6768

Frantsuz yaxtachisi Fransua Gabar bir o‘zi dunyoni 42 kun 16 soat 40 daqiqa 35 soniyada aylanib chiqib, 17 dekabrda rekord o‘rnatdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.       

Agentlikning ma'lum qilishicha, 34 yoshli fransuz Macif yaxtasida Fransiyadagi Uesan oroli va Lizard burni (Buyuk Britaniyaning eng janubiy nuqtasi) o‘rtasidagi virtual marrani mahalliy vaqt bilan soat 01:45da (Toshkent vaqti bilan soat 6:45da) kesib o‘tib, hamyurti Tom Kovilning rekordini deyarli bir haftaga yaxshilay oldi. Kovilga buning uchun 49 kun 3 soat 7 daqiqa va 38 soniya zarur bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: