Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

O‘zbekiston 00:56 / 17.12.2017 12682

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining «Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi buyrug‘i imzolandi. Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi — Lex.uz saytida e'lon qilindi.

Buyruqqa binoan Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga quyidagi ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qoidalarning 99-bandining 1-abzatsi quyidagi abzatslar bilan almashtirilmoqda:

«99. Oddiy pochta jo‘natmasi jo‘natuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftari kvitansiyasi berilmasdan qabul qilinadi, ilova hujjatlarga qo‘shimcha yozuvlar yozilmasdan jo‘natiladi va adresatga tilxatsiz topshiriladi.

Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmasi yoki pul o‘tkazmasini qabul qilishda jo‘natuvchiga pochta-kassa apparati kvitansiyasi yoki kvitansiya daftaridan olinadigan kvitansiya beriladi. Kvitantsiya daftaridan olinadigan kvitansiya berilganda kvitansiyaning orqa tarafiga taqvim shtempeli izi qo‘yiladi. Ro‘yxat bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslardan qabul qilgan pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalariga bitta kvitansiya beriladi. Bitta jo‘natuvchi tomonidan jo‘natiladigan, bir vaqtda bir necha ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadigan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalariga bitta umumiy yoki har bir ro‘yxatga alohida kvitansiyalar yoziladi».

101-band quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

«101. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan o‘simliklar va hayvonlar karantini e'lon qilingan joylarda sabzavotlar, mevalar, urug‘lar, ko‘chatlar va o‘simliklar, go‘shtdan qilingan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari solingan posilkalar qabul qilinmaydi. Bu haqda axborot pochta aloqa bo‘limlarida joylashtiriladi».

103-band quyidagi mazmundagi oltinchi abzats bilan to‘ldirilmoqda:

«Yuridik shaxslardan qabul qilingan pul o‘tkazmalari, oluvchining arizasiga binoan oluvchining plastik kartochkasiga o‘tkazib berilishi mumkin».

Qoidalar quyidagi mazmundagi 1041-band bilan to‘ldirilmoqda:

«1041. Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida, harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan, og‘irligi 20 grammgacha bo‘lgan oddiy xatlari belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlari jo‘natiladi».

3-ilovaning 3-band 12-abzatsi quyidagi tahrirda bayon etilmoqda:

«Madaniy boyliklar bo‘lgan, pochta, kurerlik jo‘natmalarini jo‘natishda, jo‘natuvchi pochta aloqasi obektiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ruxsatnomasini taqdim etishi kerak, bu ruxsatnoma pochta, kurerlik jo‘natmasining ichiga qo‘yiladi».

Ko‘proq yangiliklar: