Moskvadagi havo harorati 140 yillik rekordni yangiladi

Jahon 08:30 / 17.12.2017 53977

Rossiya poytaxti Moskva shahri havo harorati 17 dekabr uchun 138 yillik rekordni yangiladi. Shaharning VDNX hududida tungi soat 03:00 da 7,7 daraja qayd etilgan, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi Gidrometmarkazga tayangan holda.

«Shanba kuni kunduzi havo harorati 4,8 daraja iliq bo‘ldi, keyin biroz pasayish kuzatildi. Shundan so‘ng, yarim tunga yaqin 6,5 darajagacha ko‘tarildi, soat 03:00 ga borib, 7,7 darajani tashkil etdi», — degan markaz vakili. 

17 dekabr uchun avvalgi eng yuqori harorat 2006 yili qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Moskvadagi harorat 6,1 darajani tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: