Mirjalol Qosimov «Alaniya afsonalari» o‘yinida ishtirok etib, gol urdi

Sport 01:08 / 17.12.2017 23615

Shimoliy Osetiya markazi Vladikavkaz shahrida, Osetiya terma jamoasi bilan «Alaniya» klubining 1995 yilgi chempion tarkibi o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazildi.

«Spartak» stadionida o‘tgan qiziqarli bahsni 12 ming tomoshabin kuzatib bordi va u 5:5 hisobida yakunlandi. 

Osetiya terma jamoasi tarkibida Rossiya Premer-Ligasi va Milliy futbol ligasida ishtirok etuvchi futbolchilar - Alan Dzagoyev, Soslan Janayev, aka-uka Gabulovlar, Alan Kasayev, Ruslan Kambolov va boshqalar o‘ynadi. 

«Alaniya afsonalari» tarkibida hamyurtimiz, «Bunyodkor» bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ham ishtirok etib, o‘yinda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘rtoqlik o‘yini 
Osetiya terma jamoasi - Alaniya afsonalari - 5:5 
Gollar: Georgiy Gabulov (2), Spartak Gogniyev (2), Alan Zaseyev - Mirajol Qosimov, Anatoliy Kanishchev, Georgiya Bazayev, Vitaliya Chochiyev, Soslan Takazov

Ko‘proq yangiliklar: