Qodirov: "Islom olamining buyuk siyosiy arbobi Shavkat Mirziyoyev bilan tanishganimdan baxtiyorman"

O‘zbekiston 15:50 / 17.12.2017 48619

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘zining Instagram sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni davlat rahbariga lavozimiga kirishganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan qutladi va uning islom olami rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e'tirof etdi.

 "Assalomu alaykum! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoyev kuni kecha Islom Akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmonni imzoladi. Ushbu hujjat nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon dunyosi uchun katta ahamiyatga ega. Bunday qaror Shavkat Miromonovich prezidentligining ikkinchi yili boshlangan kunda qabul qilingani ramziy ahamiyatga ega. Bundan avval, yozda u Samarqandda Al-Buxoriy nomidagi Xalqaro Islom markazini qurishni boshlash topshirig‘ini bergan edi.

O‘z mamlakatini gullab-yashnovchi o‘lkaga aylantirishga chin dildan harakat qilayotgan, yetarli tajriba, iroda va donolik sohibi, islom olamining buyuk siyosiy arbobi Shavkat Miromonovich bilan tanishganimdan baxtiyorman. U 13 yil davomida hukumatni boshqargan, iqtisodiyotdan xabardor, mamlakatning barcha muammolari va ularni hal qilish yo‘llarini biladi. Eng asosiysi - Mirziyoyev o‘z xalqi, Vatanini yaxshi ko‘radi, O‘zbekistonga avvalgi shon-shuhrat va qudratni qaytarish uchun bor kuchi va bilimlarini berishga tayyor. U ilk kunlardanoq Rossiya bilan, Prezident Vladimir Putin bilan birodarlik munosabatlarini o‘rnatmoqda. 

O‘zbekistonga tashrifim davomida Shavkat Miromonovich bilan davomli suhbat qurdik. Men uning butun musulmon olami uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan islom sivilizatsiyasi obidalari va muqaddas qadamjolarini saqlab qolishga alohida e'tibor qaratayotganini his qildim. Bundan tashqari, yoshlar islom bo‘yicha chuqur bilimlar olish imkoniga ega bo‘lishmoqda. 

O‘zbek xalqining ko‘tarinki ruhi barcha jabhalarda - iqtisodiyot, ijtimoiy soha, sport, adabiyot, san'atda sezilmoqda! Ishonchim komilki, mamlakatlarimiz va xalqimiz o‘rtasidagi munosabatlar kun sayin kengayadi va mustahkamlanadi! 

Shavkat Miromonovichni O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishganining bir yilligi bilan samimiy qutlayman, mustahkam sog‘liq va farovonlik tilayman!", - deb yozadi Qodirov. 

Ko‘proq yangiliklar: