Germaniyada 1950 yildan boshlab avtohalokatlar qurbonlari soni hisoblab chiqildi

Jahon 09:00 / 17.12.2017 15062

Germaniya yo‘llarida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 1950 yildan to hozirgi kungacha deyarli 780 ming kishi halok bo‘lgan. Bu haqda tarixchi Peter Itsen tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Der Spiegel nashri ma'lum qildi. 

Ma'lum qilinishicha, bu davr ichida jarohatlar olgan soni 31 mln kishidan oshgan. 

Germaniyada yo‘l-transport hodisalaridagi ko‘p sonli o‘limlar muammosini hal qilish maqsadida 1972 yilda qishloq joylaridagi yo‘llarda tezlik cheklovi kiritilgan, 1973 yilda esa qondagi alkogol miqdori 0,8 promille bilan cheklangan. 1974 yildan mamlakatda bosqichma-bosqich xavfsizlik kamarlarini taqish majburiyati, antibloklovchi tormoz tizimi kiritib borilgan, 1980 yilda esa xavfsizlik yostiqchalari joriy qilingan.

Shunga qaramay, Germaniyada yo‘l-transport hodisalari qurbonlari soni yuqori bo‘lib qolmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda Germaniyada YTHlar oqibatida 3 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan, 400 ming kishi jabrlangan.  

Ko‘proq yangiliklar: