Jizzax dovonidagi YTHda 15 inson vafot etgani haqida tarqalgan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi

Jamiyat 15:26 / 16.12.2017 28348

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram messenjerida 2017 yilning 5 dekabr sanasida Jizzax dovonida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berib, unda go‘yoki 15 nafar yo‘lovchi vafot etganligi to‘g‘risida videolavha tarqatildi. Sangzor.uz ushbu hodisa guvohlari tomonidan tasvirga olingan videolavhaga aniqlik kiritish maqsadida Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot guruhi tomonidan berilgan ma'lumotga asoslanib masalaga oydinlik kiritdi. 

Taqdim etilgan ma'lumotga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasi aslida 2017 yil 10 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Hodisa kech soat 18:30da Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tgan "Toshkent-Termiz” M-39 yo‘lining 999 km.da yuz bergan.
 
Sirdaryo viloyati, Xovos shahar, "Sohibkor” mahallasida istiqomat qiluvchi, shu shaharda joylashgan "FIR-NUR-OSIYo-TRANS” MChJ haydovchisi, 1978 yilda tug‘ilgan Inomjon Yusupov boshqaruvidagi "MAN” rusumli, 20 N 357 BA davlat belgili yuk avtomashinasining  tormoz tizimi ishlamay qolganligi tufayli rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Galaosiyo mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi, 54-uyda istiqomat qiluvchi, hech qayerda ishlamaydigan, 1992 yilda tug‘ilgan Sunnat Umarov boshqaruvidagi "Cobalt” rusumli, 80 M 515 JA d/b hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, "Qilichboy” QFYda istiqomat qiluvchi, 1972 yilda tug‘ilgan O‘tkir Matkarimov boshqaruvidagi "Neksiya” rusumli, 95 Z 937 DA d/b avtoulovlari bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada "Cobalt” rusumli avtoulovida bo‘lgan yo‘lovchilar, Buxoro viloyati, Peshku tumani, "Kuyovxo‘ja” mahallasida istiqomat qilgan, 1960 yilda tug‘ilgan Ubaydulla Jo‘rayev tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Haydovchi S.Umarovning otasi 1965 yilda tug‘ilgan Muxtor Umarov hamda "Neksiya” rusumli, avtoulovida bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Ellikqal'a tumani, "O‘yqal'a” mahallasida istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug‘ilgan Islomjon Safarboyevlar tan jarohati olishib, RShTYoIMning Jizzax filiali jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: