Tunda yorug‘lik taratuvchi o‘simliklar yaratildi

Fan-texnika 19:57 / 16.12.2017 14896

AQShning Massachusets texnologik institutida qorong‘ida yorug‘lik taratuvchi o‘simliklar yaratildi.

Bunday o‘simliklarni yaratish uchun karam, salat bargi va ismaloqqa qorong‘ida yaltiroq qo‘ng‘izning yaltirab ko‘rinishiga sabab bo‘luvchi ferment – lyutseferazani kiritishgan. Olimlar dastlab 45 daqiqa yorug‘lanib turuvchi o‘simlikni olishgan. Biroq keyinroq o‘simliklar yorug‘lanishi jarayonini 3 soatga yetkazishga muvaffaq bo‘lingan. 

Ayniqsa salat bargi kuchli yorug‘langan, u taratgan yorug‘likni yorug‘lik-diod lampasinikiga qiyoslash mumkin. Tadqiqotlar endigina boshlangan bo‘lib, olimlar bunday o‘simliklar kelgusida butun bir xonalar yoki hattoki ko‘chalarni yorug‘lantirib turishiga umid qilishmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: