Shavkat Mirziyoyev Germaniyada 11 yil ishlab Qoraqalpog‘istonga qaytgan doktorga «Captiva» sovg‘a qildi

Jahon 12:03 / 16.12.2017 50738

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi mobaynida Xo‘jayli tumanidagi barpo etilayotgan zamonaviy logistika markazida bo‘ldi, deb yozadi kruz.uz.

Prezident markazda «Panaev Farms» fermer xo‘jaligi rahbari Qutlimurat Panayev bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida Panayev Germaniyada 11 yil davomida chorvachilik bo‘yicha ishlagan doktor Alisher Qurbanovni Qoraqalpog‘istonga qaytarib, unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani va u bugungi kunda fermada menejyer lavozimida ishlayotganini aytdi.

A.Qurbanov yaqinda yosh fermerlar uchun o‘quv-seminarini o‘tkazishni rejalashtiryapti.

Shavkat Mirziyoyev Alisher Qurbanovga yurtimizga qaytib ishlayotgani uchun «Captiva» avtomashinasini sovg‘a qildi. Bu haqda yaqin orada batafsil ma'lumot beramiz, — deb yozadi sayt muxbiri Furqat Yusupov.

Ko‘proq yangiliklar: