Saakashvili Poroshenko bilan kelishib olishi kerakligini aytdi

Jahon 12:12 / 16.12.2017 10158

Ukrainaning Odessa oblasti sobiq rahbari Mixail Saakashvilining ma'lum qilishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni dushmanlarga sheriklik qilganlikda ayblayotgani yo‘q. Bu haqda u NewsOne telekanaliga aytib o‘tdi.

«Bu noto‘g‘ri bo‘lgandi... Bizning barchamiz bir tomonda turishimiz hamda bu haqda gapirishimiz lozim, jumladan, u bilan ham. Biroq shu bilan birga, biz mamlakatni parchalab tashlashga urinmaslik bo‘yicha kelishib olishimiz lozim», - deya aniqlik kiritdi Saakashvili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili Ukrainada davlat to‘ntarishi necha pul "turishini” aytgandi. Ukraina hukumati Mixail Saakashvilini jinoiy tashkilotlar ishtirokchilariga ko‘mak ko‘rsatish va jinoyatlarni yashirishda ayblamoqda, biroq Kiyevning Pechersk tuman sudi uni hibsga olishdan bosh tortdi va ozodlikka chiqardi. “Yangi kuchlar harakati” partiyasi yetakchisi Ukrainadagi “tizimni o‘zgartirish” maqsadida hukumat bilan kurash olib borishga va'da berdi.

Ko‘proq yangiliklar: