Rossiya Qrimda yadroviy inshootlarni egallab oldi – Ukraina 

Jahon 16:36 / 16.12.2017 19821

Rossiya Federatsiyasi bosib olingan Qrimda va istilo etilgan Donbassda reaktor hamda ikkita yadroviy inshootni egallab oldi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin BMT Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreya bo‘yicha vazirlar darajasidagi yig‘ilishida qilgan chiqishida aytib o‘tdi, deb yozmoqda Ukrainaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi.

"Qrimning noqonuniy egallab olinishi va Donbassdagi rus tajovuzkorligi Sevastopolda to‘yintirilgan uranning past darajasiga ega tadqiqot reaktori, ikkita yadroviy inshoot hamda 1200 dan ortiq radionuklidli manbalarni Ukraina milliy idorasining tegishli nazoratisiz qoldirdi", - deya aytib o‘tgan Klimkin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, “Ukraina hududining yadro quroliga ega davlat tomonidan egallab olinishi yadro qurolining geografik zonasi kengayishiga olib keldi”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishi sobiq prezident Viktor Yanukovich va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fitnasi oqibati ekanini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: