Povetkin katta boksga g‘alaba bilan qaytmoqda

Sport 11:03 / 16.12.2017 10940

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida katta boks kechasi bo‘lib o‘tdi, uning asosiy voqeasiga sobiq jahon chempioni Aleksandr Povetkin hamda Kristian Xammer o‘rtasidagi jang bo‘ldi.

Bellashuv rossiyalikning ustunligi bilan kechdi, biroq Kristian Xammerni ham ta'kidlab o‘tish joiz, u Povetkinni xavfli hujumlar bilan ba'zida shoshirib qo‘ydi. Yakunda jang 12 raund davom etdi, unga ko‘ra rossiyalik sportchi hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi - 120:107, 120:108, 119:108.

Shu tariqa, Povetkin WBA Super yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionligi unvoni uchun majburiy da'vogarga aylandi, bu yo‘nalishda Entoni Joshua tengsiz sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: