Norvegiya jahonda birinchi bo‘lib FM-radiodan butunlay voz kechdi

Jahon 14:58 / 16.12.2017 9825

Norvegiya FM-radiouzatishdan butunlay voz kechib, raqamli shaklga o‘tgan jahondagi ilk davlatga aylandi, deb xabar bermoqda The Local.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Norvegiyaning shimoliy mintaqalari hamda Arktikadagi Svalbard arxipelagi raqamli audiouzatishga (DAB) chorshanba, 13 dekabr kuni eng so‘nggi bo‘lib o‘tkazildi.

Ta'kidlanishicha, DAB tovushning yaxshiroq sifati bilan ta'minlab beradi hamda ko‘proq kanallarni taklif qiladi.

Yaqin yillarda Yevropaning ba'zi davlatlari ham bu borada o‘zgarishni amalga oshirmoqchi. Xususan, Daniya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya raqamli shaklga butunlay o‘tishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: