Mushuk kir yuvish mashinasi ichida 40 daqiqa «yuvilganidan» so‘ng omon qoldi

Jahon 14:33 / 16.12.2017 9236

Norvegiyada Zero laqabli mushuk ishlayotgan kir yuvish mashinasi ichida 40 daqiqa davomida qolib ketganidan so‘ng omon qoldi. Bu haqda NRK xabar bermoqda.

Zero kir yuvish mashinasining barabaniga bildirmay kirib olgan, shundan so‘ng uning egalari mashinani yoqib yuborishgan. Ta'kidlanishicha, mushuk kir yuvish mashinasi ichida junli kiyimlarni yuvishga mo‘ljallab yoqilgan 30 darajali haroratda 40 daqiqa davomida qolib ketdi.

Ro‘y bergan voqeadan so‘ng hayvon veterinariya klinikasiga olib ketildi, u yerda mushuk ikki kun davomida qolgan. Ayni damga kelib hayvon o‘ziga kelib olgani aytilmoqda, garchi, egalarining qayd etishicha, undan hali ham sovun hidi kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: