Messi-Ronaldu: kim kuchli? Fristayl ustalaridan fantastik video

Sport 12:34 / 16.12.2017 38407

Futbol fristayl san'ati bilan shug‘ullanuvchi The F2 Freestylers guruhi futbol olamidagi eng mashhur bahs Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan qaysi biri kuchli degan savolga yana bir marta javob izlab ko‘rishdi.

Albatta, bu bahs munozaralar yangilik emas, uni istalgan futbol muxlislari o‘rtasida ko‘rishingiz mumkin, biroq fristayl ustalari bu ishni butunlay o‘zgacha ko‘rinishda ifodalab berishgan. The F2 Freestylers guruhining ikki mashhur akrobati Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning statistikalarini to‘plab chiqqan holda ularni o‘zaro taqqoslagan va o‘ziga xos futbol fristayl usuli bilan chiroyli tryuklar bajarishgan.

Taqqoslashda futbolchilarning barcha ko‘rsatkichlari, to‘p bilan muomala qilish, dribling, gollar, golli paslar, sariq kartochkalar, yutuqlar va boshqa bir qator ko‘rsatkichlar joy olgan.

Quyida mazkur ajoyib videorolik bilan tanishib olishingiz mumkin bo‘ladi. Eslatma, mazkur video The F2 Freestylers kanaliga kecha joylangan bo‘lsada, uning suratga olish jarayoni oldinroq bo‘lgan va bu paytda hali Krishtianu Ronaldu 5-marta «Oltin to‘p»ini olmagandi. «Oltin to‘p» borasidagi taqqoslarda shu boisdan ham Messida beshta, Ronalduda 4ta «Oltin to‘p borligi eslatib o‘tilgan.

Ko‘proq yangiliklar: