Qozog‘istonda Mustaqillik kuni, fuqarolar 4 kun dam oladi 

Jahon 10:57 / 16.12.2017 11314

Qozog‘istonda shanba kuni Mustaqillik kuni nishonlanmoqda, respublika 26 yoshga to‘ldi.

Qozog‘istonda Mustaqillik kuni – yagona milliy bayramdir. 16 va 17 dekabr bayram kunlari hisoblanadi. Bu kunlar shanba hamda yakshanbaga to‘g‘ri kelishi tufayli, dam olish kunlari 18 va 19 dekabrga ko‘chirildi. Shu tariqa, qozog‘istonliklar to‘rt kun hordiq chiqaradi: shanbadan chorshanbaga qadar.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 1991 yilning 16 dekabr kuni “Qozog‘iston Respublikasi davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Nazarboyevning o‘zi o‘sha yilning 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi umumxalq saylovlarida prezident lavozimiga saylandi, 10 dekabr kuni esa "Qozog‘iston Sovet Sotsialistik Respublikasi nomini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi, bu bilan Qozog‘iston Respublikasiga hozirgi nomi berildi.

Nazarboyev kecha davlat mukofotlarini topshirish marosimida respublika mustaqillik yillarida katta yutuqlarga erishgani hamda xalqaro hurmatga sazovor bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

"Biz davlat suverenitetini qo‘lga kiritganimizdan so‘ng, asta-sekin kuchli, farovon Qog‘ozistonni yaratib bordik. O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz ko‘plab muvaffaqiyatlar va g‘alabalarga erishdi", - deya aytib o‘tdi Nazarboyev.

Uning eslatishicha, Qozog‘iston o‘z oldiga “buyuk maqsadni qo‘ygan – sayyoradagi eng rivojlangan 30 davlat orasiga kirish”.

"Biz keng ko‘lamli modernizatsiya doirasida yuqori ijtimoiy kafolatlar hamda fuqarolarimiz daromadi oshishini ta'minlab berdik. Biz global darajadagi keng ko‘lamli tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, Qozog‘istonning xalqaro nufuzini mustahkamlay oldik. Bu yutuqlarning hammasi barcha qozog‘istonliklar sa'y-harakati, energiyasi tufayli amalga oshdi", - deya xulosa qilib o‘tdi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: