Isroillik harbiylar bilan to‘qnashuvlarda 260 dan ko‘proq falastinlik jabrlandi

Jahon 00:47 / 16.12.2017 11282

15 dekabrda G‘azo sektori va Iordanning G‘arbiy sohilida Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlarda 2 falastinlik halok bo‘ldi, 263 nafari jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

To‘qnashuvlarda 29 va 32 yoshli ikki falastinlik halok bo‘lgan. 

Yaralanganlarning 13 nafari jangovar o‘qdan, 47 nafari rezina o‘qdan, 177 nafari ko‘zni achishtiruvchi gazdan jabrlangan. 

Isroillik harbiylar va falastinliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bir haftadan ko‘proq vaqtdan beri davom etmoqda. Bunga AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarori sabab bo‘ldi. 15 dekabr ertalabki holatiga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 6 falastinlik halok bo‘lgan, 1,9 mingdan ko‘prog‘i jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: