Go‘shtni arzonlashtirish uchun. Taxtako‘pir 100 foiz chorvachilik tumaniga aylantiriladi 

O‘zbekiston 11:58 / 16.12.2017 54761

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda shu kungacha bajarilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ikki yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalar belgilab berildi. 

Uchrashuvda ishtirok etgan KUN.UZ manbasining ma'lum qilishicha, respublikaning Taxtako‘pir tumani 100 foiz chorvachilik hududiga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'lum qilgan. Qayd etilishicha, ushbu tumanda endi paxta umuman ekilmaydi. Bu ishlarga esa 500 milliard so‘m miqdorida mablag‘lar ajratiladi.

Ta'kidlanishicha, bu 2018 yilda go‘sht mahsuloti narxini 50 foizga arzonlashtirish uchun qilinmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazovga Taxtako‘pir tumani bo‘yicha vaziyatni o‘rganib chiqish uchun 10 kun muhlat berilgan.

Shuningdek, manbaning xabar berishicha, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq musiqali drama teatriga akademik teatr maqomi berildi. Bu yil ushbu teatrning 90 yilligi nishonlanishi ta'kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: