Yevropadagi eng keksa inson vafot etdi

Jahon 18:37 / 16.12.2017 22689

Barselonada Yevropadagi eng yoshi katta inson – 116 yoshli Ana Vela hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda La Vanguardia xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, ayol o‘z uyida vafot etgan.

Vela o‘z hayoti davomida to‘rt nafar farzandini bir o‘zi voyaga yetkazgan bo‘lib, Malagada oziq-ovqat do‘konini ham ochgan, shuningdek kiyim tikuvchi bo‘lib ishlagan.

U 1901 yilning oktabr oyida Kordova viloyatidagi Puente-Xenil shahrida tavallud topgan.

Ko‘proq yangiliklar: