Eng tez quvvatlanuvchi flagman smartfonlar

Fan-texnika 17:07 / 16.12.2017 16424

Zamonaviy smartfonlar yarim soat ichida 50 foizdan oshiqroq quvvatlanishi mumkin. To‘g‘ri, ayrimlarga buning uchun qo‘shimcha aksessuarlar zarur bo‘ladi, deb yozadi lifehacker.ru.

Tom’s Guide tomonidan o‘tkazilgan testda uchta yangi iPhone, Samsung Galaxy Note 8, Google Pixel 2, LG V30 va OnePlus 5T sinovdan o‘tkazildi. Ularning barchasi quvvatidan to‘liq xalos bo‘lgach, quvvatlangan va 30 daqiqa va bir soat o‘tgach natija yozib olingan.

Apple smartfonlari 29 vattli zaryadlash qurilmasi bilan sinalgan. Qolganlari esa smartfon komplektida keluvchi zaryadlash qurilmasi bilan quvvatlantirilgan.

3300 mA·soat batareya bilan ta'minlangan, Dash Charge firmali tezlashtirilgan zaryadlash texnologiyasiga ega OnePlus 5T smartfoni ushbu sinovda g‘olib chiqdi.

Yarim soat ichida smartfon 59 foizga, bir soatda 93 foizga zaryadlanadi.

Ikkinchi o‘rin LG V30 ga berildi. Uning akkumulyatori sig‘imi ham 3300 mA·soat, biroq zaryadlashga Qualcomm Quick Charge 3.0 texnologiyasi javob beradi va uning natijalari biroz yomonroq bo‘ldi: 30 daqiqada 53 foiz, bir soatda 86 foiz.

Uchinchi o‘rinni iPhone X egalladi va uning ko‘rsatkichlari 50 foiz va 81 foizga teng bo‘ldi. iPhone 8 va 8 Plus undan biroz ortda qolishdi, Pixel 2 va Galaxy Note 8 esa ancha yutqazishdi. Galaxy S8, Galaxy S8+ va Pixel 2 XL ular bilan teng darajada (30 daqiqada 35–38 foiz).

Tom’s Guide flagman smartfonlarning barchasini sinovdan o‘tkazmagan, shu sababli ushbu ro‘yxatni to‘liq deb atab bo‘lmaydi. Boshqa sinovlarning natijalariga asoslanib, ro‘yxatni to‘ldirish mumkin. Masalan, Phandroid ma'lumotlariga ko‘ra, Moto Z2 Force ikkinchi o‘ringa da'vogarlik qila oladi. 30 daqiqa ichida u 57 foizga, bir soatda 91 foizga zaryadlangan.

Agar CNET’ga ishonilsa, yetakchini o‘tgan yilgi flagman LG G5 siqib chiqarishi mumkin, u 30 daqiqada 61 foizgacha, 78 daqiqa ichida to‘liq zaryadlana oladi. To‘g‘ri, uning akkumulyatori sig‘imi ham sezilarli darajada kichik — 2800 mA·soat. Batareykasi 3000 mA·soat sig‘imga ega Oppo R11 ham qiziq natija ko‘rsatgan. Garchi u flagmanlar sirasiga kirmasa ham, zaryadlanish tezligi bilan hayratlantira oladi: 30 daqiqada 65–70 foiz, 65 daqiqada 100 foiz. AndroidAuthority va HardwareZone ham bunday ko‘rsatkichlarni tasdiqlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: