Dam olish kuni O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi

O‘zbekiston 18:39 / 16.12.2017 27634

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: