BAAda sovitiluvchi yo‘lkalar paydo bo‘ladi

Fan-texnika 19:26 / 16.12.2017 7208

BAAning Sharja shahrida yaqinda sovitiluvchi yo‘lkalar paydo bo‘ladi. Bu yo‘lkalar yilning eng issiq 5 oyida odamlarga faol bo‘lib qolish va ortiqcha vazn bilan kurashishda yordam beradi. Bu haqda Sharja hokimi shayx Sulton Bin Muhammad Al-Qosimiy ma'lum qildi. U yo‘lkalar ishlab chiqilgani va loyiha yaqinda amalga oshirila boshlanishini tasdiqlagan.

“Bizda dunyodagi ilk sovitiluvchi yo‘lkalar paydo bo‘ladi, chunki yilda 5 oy shunchalik issiq bo‘ladiki, odamlar ochiq havoda mashq qila olmaydilar”, deb aytgan Sharja hokimi.

Al-Qosimiy boshqa tashabbuslar, jumladan jamoat joylarida chekishning taqiqlangani haqida aytib o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, bu tashabbus o‘lim darajasining pasayishiga olib kelgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: