Hamon qo‘shni davlatlardan 10 dollarlik, boshqa davlatlardan 1000 dollarlik tovarni bojsiz olib kirish mumkin

O‘zbekiston 21:15 / 16.12.2017 27138

SAVOL: Men Rossiyadan O‘zbekistonga yer haydaydigan motokultivator, ya'ni motoblok olib kelmoqchiman. Uning narxi taxminan 60.000 rubl (1000 AQSh dollari), motori 300-350 sm kub. Mazkur texnika asbobini olib kirish uchun bojxona to‘lovi to‘lanadimi, agar to‘lansa qancha miqdorda to‘lanadi?
T.Bekjo‘rayev

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 289-moddasiga asosan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, bojxona yig‘imlari va qonun hujjatlarida boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin. Bojxona bojlarining va soliqlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan Respublikamiz hududiga tovarlarni bojsiz olib kelish bo‘yicha normalar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra chegaradosh davlatlardan, ya'ni Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Tojikiston Respublikalaridan 10 AQSh dollari miqdorida o‘z ehtiyoji uchun iste'mol tovarlarini bojsiz olib kirish mumkin. Bundan tashqari, chegaradosh bo‘lmagan davlatlardan 1000 AQSh dollari miqdorida o‘z ehtiyoji uchun tovarlarni bojsiz olib kirish mumkin. Agarda mazkur me'yorlardan ortiqcha miqdorda tovarlar olib kelinganda, belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi.

Savolga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi mas'ul xodimi Aziz Do‘stiyorov javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Ko‘proq yangiliklar: