AQShning KXDR bilan muzokaralar uchun sharti aytildi

Jahon 13:56 / 16.12.2017 15198

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning ma'lum qilishicha, Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi muzokaralar uchun KXDR o‘zining raketa sinovlarini to‘xtatishi lozim, deb xabar bermoqda Reuters.

"Shimoliy Koreya muzokaralar stoliga o‘tirishi lozim. Biz KXDRga bosim o‘tkazishda davom etamiz, bu natijaga erishilmagunga qadar davom etadi", - deya aytib o‘tdi Tillerson.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibi AQSh Rossiya va Pokistonni ayblagani, KXDR bo‘yicha “shov-shuvli” bayonotlar bergani xabar qilingandi. AQSh KXDR bilan “istalgan vaqtda” muzokaralarga tayyor, degandi u. "KXDR hukumati muzokaralar stoliga o‘tirishi kerak. Biz ular bilan istalgan vaqtda gaplashishga tayyormiz, ular buni xohlashi kerak, xolos", - degan Tillerson. Uning ta'kidlashicha, "KXDR har bir yangi raketa sinovi bilan jahon hamjamiyatidan uzoqlashishda davom etadi".

Ko‘proq yangiliklar: