46 mlrd dollar. Yaponiya rekord darajadagi mudofaa byudjyetini qabul qiladi

Jahon 14:01 / 16.12.2017 7342

Yaponiya hukumati 2018 yilning aprel oyida boshlanadigan kelasi moliya yilida mudofaa maqsadlari uchun rekord miqdorda – 46 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Interfaks» Yaponiya OAVga tayangan holda xabar berdi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat hukumati mablag‘larning aksariyat qismini Shimoliy Koreya tomonidan ehtimoliy hujumlardan himoyalanishga mo‘ljallangan qurol-yarog‘ni sotib olishga yo‘naltirishni rejalashtirgan.

Ta'kidlanishicha, Yaponiya raketalarga qarshi mudofaa tizimini mustahkamlashni ham mo‘ljallamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR hukumati Janubiy Koreya Pxenyanga uning yadroviy dasturi tufayli joriy etilgan yangi sanksiyalariga «katta narx» to‘lashini ma'lum qilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: